O‘ZBEKISTONDA «FOREIGN LANGUAGES» TELERADIOKANALI TASHKIL ETILADI

10.09.2021

Hukumat qaroriga muvofiq, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «Oilaviy» telekanali negizida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan «Foreign Languages» xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etiladi.

Telekanal o‘z dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi, bunda har kuni kamida 3 soat efir vaqti xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratiladi.

Bolalar uchun mo‘ljallangan xorijiy tildagi televizion asarlar dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda o‘zbek, ingliz va rus tillarida titrli tarjima qilgan holda efirga uzatiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − 9 =