“O‘ZBEKISTONDA SUD HOKIMIYATI FAOLIYATI USTIDAN JAMOATCHILIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI” MAVZUSIDA ONLAYN KURS YARATILDI

25.05.2020

“O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy elektron jurnal va portal direktori, O‘zJOKU o‘qituvchisi Gulmira SHUKUROVA  muallifligida “O‘zbekistonda sud hokimiyati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni” mavzusida onlayn kurs (elektron kitob) yaratildi. Bu elektron kitobning o’zbek tilidagi muallifi “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy elektron jurnal va portal direktori, O‘zJOKU o‘qituvchisi Gulmira SHUKUROVA. Rus tilidagi “Роль средств массовой информации в осуществлении общественного контроля за деятельностью судебной власти в Узбекистане” deb nomlanuvchi elektron kitob muallifi esa dotsent, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti o’qituvchisi Yoqutxon MAMATOVA.

Ushbu onlayn kurs maqsadi – tinglovchilarda sud hokimiyatining mohiyati, vazifalari, O‘zbekistonda sud tizimi, jamoatchilik nazorati shakl va uslublari, sud hokimiyati ochiqligi va shaffofligini taʼminlashda va samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining (OAV) o‘rni va imkoniyatlari haqida atroflicha tasavvur hosil qilishdan iborat.

Elektron kitob quyidagi mavzularni o’z ichiga qamrab oladi:

  • O‘zbekistonda sud tizimi va OAV;
  • O‘zbekistonda sud tizimi islohotlarining qonuniy asoslari va OAV;
  • OAV jamoatchilik nazorati instituti sifatida;
  • OAVning sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi;
  • Sud jarayonlarini OAVda yoritishning axloqiy meʼyorlari;
  • Sud organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlashda jurnalistik surishtiruvning roli;
  • Jurnalist faoliyati xavfsizligi.

O’zbek tilidagi elektron kitob uchun HAVOLA
Rus tilidagi elektron kitob uchun HAVOLA

Ma’lumot o’rnida, mazkur onlayn kurs Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida tayyorlandi. Kurs mazmuni bo‘yicha masʼuliyatni TetraTech DPK (TetraTekDPK) kompaniyasi o‘z zimmasiga oladi va u USAID yoki AQSH hukumatining pozitsiyasini ifodalamaydi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × five =