O’ZBEKISTONDAGI BRITANIYA KENGASHI «CHANGE ACADEMY» DASTURINI TAKLIF QILADI

28.09.2021

Change Academy – Dastur sektorni katta ilmiy, moliyaviy va tashkiliy avtonomiyalarga o’tishda qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lib, milliy darajadagi oliy ta’lim renesansi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu dastur ta`limo lish va ta`lim berish sifatini oshirish, bitiruvchilarnin ta’lim natijalari, salohiyatlarinini oshirishga qaratilgan. Dastur turli lavozimdagi  professor-o’qituvchilar va universitet ma’muriy xodimlaridan iborat bo’lgan 8 kishilik mutaxassislar guruhlari uchun mo’ljallangan. Change Academy dasturi intensiv seminarlar (LEAP) va o’zgarish loyihalarini birlashtiradigan trening, veb-seminarlar va boshqa online tadbirlar hamda erishilgan natijalarni taqdimotini qilish, professional tarmoqlar va virtual ta’lim muhitida ishlash imkoniyatini beradi. Advance HE, Buyuk Britaniyaning oliy ta’limni qo’llab-quvvatlash agentligi, mutaxassislari hamda Buyuk Britaniya oliy ta`lim institutlari mutaxassislari, hamda O’zbekistondagi boshqa sektorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo`lasiz.

Change Academy asosini umumiy maqsad va vazifalar bilan birlashtirilgan, lekin o’z vakolatlari doirasida, o’z jamoalari bilan avtonom holda ishlaydiga, tizimli, barqaror va ishonchli o’zgarishlarni amalga oshirish printsiplaridan iborat bo`lgan jamoa vakillari tashkil etadi.

Change Academy maqsadi – universitet guruhlarining tashkiliy, moliyaviy va ilmiy barqarorlikka o’tish uchun zarur ko’nikmalarni (etakchilik, boshqaruv, menejment)  egallashda bitiruvchilarning natijalarini yaxshilashga qaratilgan ta’lim va o’qitish sifatiga bag’ishlangan tashabbus orqali yordam berish hamda ishonch bilan boshqarish ko`nikmasini shakllantirish: 

  • bitiruvchilarni tayyorlash sifatini, ishga joylashish va tadbirkorlik istiqbollarini yaxshilash erishish uchun ta’lim sifatining doimiy yaxshilanishini rag’batlantirish.
  • Yetakchilik, boshqaruv va tashkiliy rivojlanishni takomillashtirish bilan davlat, xususiy va xalqaro institutlarning (Buyuk Britaniya) universal ta’limini va iqtisodiy o’sishini qo’llab-quvvatlash. 

Change Academy dasturi quyidagilarni yaratishga qaratilgan: 

  • Davlat idoralari va universitetlar o’rtasidagi hamda universitet va ishlab chiqarish o’rtasida mustahkam munosabatlar va ishonchni o`rnatish
  • Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sektori, uning bo’limlari va agentliklari bilan mustahkam aloqalarni o`rnatish. 
  1. Universitetingizdan qiziquvchan, ambitsiyali va kreativ xodimlarni toping.
  2. Birgalikda taxlil va muhokama qiling, ko’rib chiqing, bahslashing – eng yaxshi g`oyani tanlang, hamda turli g`oy ava fikrlarni to’plang.
  3. O’zgarishlarning dastlabki loyihasi to’g’risida qaror qabul qiling – qisqacha ma`lumot bering (maqsadi, kim uchun (asosiy auditoriya), nima qilishni kutmoqdasiz va bu qanday ishlaydi). 
  4. O’zingizning o’zgarish loyihangiz rejasini universitetingizdagi ko’p sonli xodimlar bilan, shu jumladan yuqori boshqaruv guruhi (rektor) bilan o`rtoqlashing. Fikr-mulohaza almashing. Loyiha haqidagi ma`lumotga o`rgartirishlarni kiriting.
  5. O’zgartirish guruhi barcha a’zolari va tarafdorlarining ushbu loyihaga o`z mehnati va vaqtini sarlashga tayyorligini biling. Ishni bajarish uchun etarli vaqtingiz bormi? Siz bunga jiddiy yondashasizmi? O’zgartirish guruhi to’liq tarkibini tuzing (O’zgartirish guruhi) (6-8 kishi) va jamoangiz kordinatorini belgilang.  
  6. Endi ushbu qisqa onlayn forma orqali murojaat qiling.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 30 sentyabr.

Qo`shimcha savollar bo`yicha Indira Ikhlasovaga indira.ikhlasova@britishcouncil.org murojaat qilishingiz mumkin. 

Dastur haqida batafsil.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × two =