O‘ZBEKISTONDAGI ONLAYN OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI UCHUN «ZAMONAVIY MULTIMEDIA JURNALISTIKASI» TRENINGI

30.09.2020

Xalqaro Internews Network nodavlat tashkiloti 2020-yil 12-30-oktyabr kunlari O‘zbekistondagi professional jurnalistlar va onlayn ommaviy axborot vositalari muharrirlari uchun multimedia jurnalistikasi bo‘yicha onlayn trening tashkil qiladi.

Treningning asosiy vazifalari: ishtirokchilarni multimedia kontentini yaratish vositalarining keng imkoniyatlari bilan tanishtirish, jurnalistlar va muharrirlarni muhim ommaviy mavzularni yoritishda multimedia kontentini yaratish bo‘yicha onlayn xizmatlardan faolroq foydalanishga undash, turli ommaviy axborot vositalarida muvaffaqiyatli multimedia ishlarini ko‘rib chiqish, muayyan mavzularda onlayn vositalar bilan ishlashni o‘rgatish. Trening nafaqat nazariy materiallarni taqdim etishni, balki ishtirokchilarning amaliy topshiriqlarini bajarishni ham o‘z ichiga oladi. Barcha ishtirokchilar topshiriqlarni bajarish uchun shaxsiy kompyuterga ega bo‘lishlari kerak.

Onlayn trening davomida ko‘rib chiqiladigan mavzular:

• Media-kommunikatsiyalarning zamonaviy tendensiyalari va onlayn ommaviy axborot vositalarining o‘sish ko‘rsatkichlari;
• Auditoriyani jalb qilish va ushlab turish vositasi sifatida multimedia kontent formatlari;
• Dolzarb multimedia kontent formatlarini ishlab chiqarish texnologiyalari (interfaol formatlar, har xil turdagi infografika, geymifikatsiya formatlari va boshqalar);
• Ommaviy axborot vositalari uchun multimedia formatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy onlayn xizmatlar;
• Multimedia hikoyalari: zamonaviy texnologiyalardan yordamida qiziqarli qahramonlar va muhim ijtimoiy hodisalar haqida qanday so‘zlab berish mumkin.

Onlayn treningni o‘tkazish sanalari: 2020 yilning 12-30 oktyabr kunlari. Har hafta Zoom platformasida har biri ikki soat davom etadigan uchta vebinar bo‘lib o‘tadi, vebinarlar jadvalini keyinroq ma’lum qilamiz.

Murabbiy – Yuriy Zvyaginsev: rossiyalik tajribali muharrir, noshir, media-murabbiy.

O‘qitish tili – rus/o‘zbek (sinxron tarjima).

Hujjatlar 2020-yilning 4-oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 23:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun onlayn-forma ni to‘ldiring.

Barcha savollar bo‘yicha ekhmelevskaya@internews.org elektron manziliga murojat qilishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

три × пять =