O‘ZBEKISTONNING XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIGI YUQORI BAHOLANDI

14.02.2022

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov va Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Kuanish Yergaliev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida K.Ergaliev so‘nggi yillarda O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta’lim muassasalari soni jadal ko‘payib borayotganini yuqori baholadi va amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar jadal sur’atlarda borayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlari ishtirokida har yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan “Qozog‘iston ta’lim kunlari” ta’lim ko‘rgazmalarini tashkil etishda amaliy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv so‘nggida ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik va ilg‘or tajriba almashishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun ikki davlat vazirliklari vakillarining bu kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlari muhimligi qayd etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − nineteen =