O’zDJTU “MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYALARNING LINGVISTIK TA’MINOTI” BAKALAVRIAT TALABALARI UCHUN TANLOV E’LON QILINDI

05.08.2020 367

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti “Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti” bakalavriat yo’nalishi talabalari o’rtasida karantin davrida o’qish va izlanishdan to’xtab qolmasliklari, faoliyatlariga yangilik kiritish maqsadida tanlov tashkil qilinmoqda. Tanlov 2 bosqichda bo’lib, hozirda 1-bosqich o’z nihoyasiga yetdi.

I bosqichda har bir talaba kamida 2 va undan ko’proq kichik yoshdagi bolalarni ingliz tilida gapirishga o’rgatib, Qurbon hayiti bayrami uchun ular bilan birgalikda tabrik tayyorladilar. Quyida talabalarning tabrik sifatida tayyorlangan ijod namunalaridan ba’zi videolavhalar bilan tanishishingiz mumkin:

Tanlovning II BOSQICHI shartlari esa quyidagicha:

Pandemiya sharoitida milliy va xalqaro miqyosda turli onlayn kurslar tashkil qilinmoqda. Ana shu kurslar ichidan talabalar o’zlari uchun ham ma’naviy, ham moddiy foyda keltiradigan hunar yoki sohani topib o’rganishlari talab etiladi. Tanlov shartiga ko’ra, onlayn kursni o’qiganlik haqida sertifikat ko’rsatiladi. Yakunda talaba kursda o’rganganlari asosida tayyor mahsulotni yaratib ko’rsatishi kerak bo’ladi.

Tanlov muddati: 2020-yil 31-avgust. 1-sentyabr kuni tashkilotchilar tomonidan g’oliblar e’lon qilinadi.

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Shahzoda
    #1 Shahzoda 6 Avgust, 2020, 11:12

    Assalomu bu tanlovda qanday ijodiy ishlarni topshirish mumkin va kimga ?

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.