O’ZDJTU MEDIA VA KOMMUNIKATSIYA FAKULTETIDA YANGI «MEDIA STUDIYA» OʻZ FAOLIYATINI BOSHLADI

24.06.2022

Bugun, AQSh elchixonasi bilan amalga oshirilgan 20 ming AQSH dollariga teng loyiha doirasida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Media va kommunikatsiya fakultetida tashkil etilgan «Media studiya»ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimga AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasining taʼlim va madaniyat boʻyicha atteshi Sara Talalay va ELP (English Language Program) koordinatori Feruz Akobirov tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif davomida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar namoyish etildi. Sara Talalayning shaxsan oʻzi ham jarayonda ishtirok etdi va bu ijodiy muhitdan mamnunligini bildirdi.

Bundan tashqari, mehmonlar AQSh elchixonasi tomonidan «ACCESS» dasturi doirasida tahsil oladigan tinglovchilar uchun 190 ta kitob hadya etishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 + 10 =