O‘ZDJTU TALABALARI O‘QISHNI DAVOM ETTIRISH UCHUN MOSKVA SHAHRIGA JO‘NAB KETISHDI

02.02.2022

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Moskva davlat lingvistika universiteti hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan “Lingvistika: Chet tillari va madaniyatini o‘qitish nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha Qo‘shma ta’lim dasturining 2- va 3-bosqich talabalari joriy o‘quv yilining ikkinchi semestrini MDLUda davom ettirish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketishdi.

Mazkur Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qish 4 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, “3+1” formatda tashkil etilgan. Aytib o’tish joizki, Darslar rus va ingliz tillarida hamkor universitetlar tomonidan tuzilgan ta’lim dasturi asosida olib boriladi.

O‘zaro kelishuvga binoan, talabalar O‘zDJTUda jami 6 semestr o‘qishlari va MDLUda 2 semestr tahsil olishlari rejalashtirilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × three =