O’zDJTU VA ADIGEY DAVLAT UNIVERSITETI QO’SHMA TA’LIM DASTURINI E’LON QILMOQDA

15.07.2020

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha o’qishga qabul boshlanganini e’lon qilmoqda.

Hamkor universitet: Adigey davlat universiteti (ADU)

Ta’lim yo’nalishlari:

  • Axborotni qayta ishlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (kompyuter lingvistikasi);
  • rus tili xorijiy til sifatida.

O’qish muddati: 4 yil (3 yil O’zDJTUda va 1 yil ADUda)

Ma’lumot olish va kerakli hujjatlarni onlayn tarzda topshirish uchun havolalar:

Hujjatlar 2020-yilning 15-iyulidan 15-avgustiga qadar qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari joriy yilning 16-avgustidan 28-avgustigacha o’tkaziladi.

Imtihonlarni topshirish uchun fanlar:

(1) Axborotni qayta ishlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (kompyuter lingvistikasi)
1 – matematika – onlayn test
2 – rus tili – onlayn test

(2) rus tili xorijiy til sifatida
1 – rus tili – onlayn test
2 – rus adabiyoti – onlayn test

Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar 3 kun ichida Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi elchixonasi konsullik bo’limida tasdiqlangan hujjatlarning o’tkazmalarini taqdim etishlari shart.

Bir yillik o’qish uchun shartnoma miqdori 2000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Ta’kidlash joizki, O’zDJTUda o’qish uchun to’lov O’zbekiston Respublikasining Milliy valyutasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to’lov kunidagi kursi bo’yicha amalga oshiriladi.

O’quv dasturini muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga O’zDJTU va ADU davlat namunasidagi ikkita diplom beriladi.

Qabul masalalari bo’yicha O’zDJTU qo’shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo’limiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
(+99871) 230 1343
(+99897) 449 0967
Telegram: (+99890) 946 7736, (99899) 877 4847
Elektron pochta: mrx191267@gmail.com

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − five =