O’zDJTUDA AQSHNING O‘ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

11.06.2021

2021-yilning 11-iyun kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari tashrif buyurdi.

Mehmonlar Joanna Kramb (AQSh elchixonasi Ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi), Feruz Akobirov (ingliz tili dasturlari bo‘limi xodimi)lar O’zDJTU rektori U.Azizov boshchiligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar.

Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar AQSh elchixonasi moliyalashtiradigan an’anaviy xalqaro konferensiyani O‘zDJTUda o‘tkazish; Baxiya ishtirokida baholash va testing loyihasini amalga oshirish (qo‘llanma tayyorlash); ACCESS loyihasini amalga oshirish; O‘zDJTUda Writing Center tashkil qilish kabi masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 3 =