O’zDJTUDA JAZOIR ELCHIXONASI BILAN HAMKORLIKDA «JAZOIRNI BILASIZMI?» MAVZUSIDA TANLOV TASHKIL ETILDI

17.05.2022

2022-yilning 17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor U. Azizov va Jazoir elchisi Janob Nosir Busherit boshchiligida «Jazoirni bilasizmi?» mavzusida tanlov tashkil etildi.

Tanlov Jazoir mustaqilligining 60 yilligi hamda Jazoir va O’zbekiston o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 30 yilligi nishonlanishi doirasida bo’lib o’tdi.

Ushbu ikki tomonlama bayram dasturi doirasida bir qancha tadbirlar tashkil qilindi, xususan, «Jazoirning qadimiy va zamonaviy arxitekturasi» nomli fotoko’rgazma, Jazoir haqidagi qisqa metrajli hujjatli film namoyishi, Jazoir elchisi tomonidan taqdim etilgan «Jazoir farzandining achchiq tajribasi» nomli kitob taqdimoti shular jumlasidandir. Mazkur kitob O’zbekistonda fransuz va o’zbek tillarida nashr etilgan bo’lib, kitobda bola tilidan Jazoir ozodlik urushi haqida hikoya qilinadi.

Tadbir yakunida Jazoir elchisi Janob Nosir Busherit universitet kutubxonasiga 30 nusxa o’z mualliflik kitobini taqdim etdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + 2 =