“O’ZBEKISTON VA HINDISTON: STRATEGIK SHERIKLIKNING YANGI ISTIQBOLLARI” | ILMIY ANJUMAN BO’LIB O’TMOQDA

30.05.2022

Bugun, 30-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “O’zbekiston va Hindiston: strategik sheriklikning yangi istiqbollari” mavzusida ilmiy anjuman bo’lib o’tmoqda.

Mazkur anjuman Hindistonning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Anjuman xalqaro doirada bo’lib, unda Tojikiston milliy universiteti Xorijiy masalalarni o’rganish kafedrasi professori Abdug’ani Mamadazimov, Hindistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, Hindiston madaniy aloqalar Kengashi bosh direktori Tuxin Kumar, Hindistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat, professor, La’l Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Chander Shekhar kabi xorijiy mehmonlar, shuningdek, soha olimlari, tadqiqotchilar va O’zDJTU vakillari ishtirok etmoqdalar.

Anjumanda “O’zbekiston va Hindiston: strategik sheriklikning yangi istiqbollari” mavzusi doirasida bir qancha qiziqarli taqdimotlar qilinmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 1 =