O’zDJTUDA UMMON SULTONLIGINING O‘ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

14.01.2021

2021-yilning 14-yanvar kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Ummon Sultonligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Axmed Said Al-Kasiri janoblari tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida O’zDJTU vakillari tomonidan elchi janoblari universitet kampusi, jumladan,tarjimonlik fakultetida joylashgan KOIKA sinxron va Xitoy lingofon xonalari, ARM hamda ARMning uchinchi qavatidagi Koreya burchagi faoliyati bilan tanishtirildi.

Shundan so’ng, Ummon Sultonligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Axmed Said Al-Kasiri janoblari O’zDJTU rektori, sotsiologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Azizov Ulug‘bek Botirovich rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi. Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar ilmiy yo‘nalishda: Ummon Sultonligining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda universitetimizda arab tili va madaniyati markazini ochish va arab tilidagi zamonaviy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron resurslar bilan ta’minlash; Ummon Sultonligidagi OTMlar bilan hamkorlik o‘rnatish; talabalarga Arab tili fanidan dars berish, yangi darslik, o‘quv qo‘llanma, jumladan, elektron darslik yaratish ustida hamkorlikda ishlash maqsadida 2 nafar malakali mutaxassislarni O‘zDJTUga taklif qilish; universitet arab tili mutaxassislarini Ummon Sultonligidagi OTMlari va markazlariga 2-4 haftalik malaka oshirish kurslariga yuborish masalalari; shuningdek, texnik yo‘nalishda O‘zDJTUda “Bosmaxona” tashkil qilish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen + 9 =