XORIJIY OTMDAN O‘QISHNI KO‘CHIRISH UCHUN MASOFAVIY ONLAYN TEST SINOVLARI O`TKAZILMOQDA

29.08.2019

Respublika boʼylab xorijiy oliy taʼlim muasssasalaridan oʼqishni koʼchirish va koʼchirib qayta tiklash boʼyicha murojaat qilgan talabalar uchun masofaviy onlayn test sinovlari boʼlib oʼtmoqda.

Jumladan, O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida joriy yilning 28-30-avgust kunlari 2019/2020 o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash uchun masofaviy onlayn test sinovlari o`tkazilmoqda.

Mazkur imtihon jarayonlari maxsus innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlangan xonalarda shaffof tarzda bo`lib o`tmoqda.

Test topshirayotgan talabalarning ota-onalari hamda yaqinlari ushbu jarayonni bevosita kuzatmoqdalar.

Imtihon jarayonlarida ishtirok etayotgan talabalar hamda ota-onalar mazkur jarayonning to`g`ri tashkillashtirilganini hamda shart-sharoitlar yetarli darajada ta’minlanganini ta’kidlab, ijobiy fikr bildirishmoqda.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Qoraqalpogʼiston Respublikasi barcha OTM uchun 2019/2020 oʼquv yilida xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishni koʼchirish va koʼchirib qayta tiklash uchun masofaviy onlayn test sinovlarni oʼtkazildi.

Masofaviy onlayn test sinovlari belgilangan grafik asosida imtihonlar ikki navbatda: soat 07:30 hamda 11:30 da boʼlib oʼtdi.

«Men oʼtgan yili K.Jubanov nomidagi Аktobe mintaqaviy davlat universitetining qozoq tili va adabiyoti taʼlim yoʼnalishiga oʼqishga qabul qilingan edim. Oʼzim Qoraqalpogʼiston Respublikasi Qungʼirot tumanida yashayman. Menga chetda oʼqish noqulaylik tugʼdirayotgan edi. Shu sababli oʼqishimni QQDUning qozoq tili va adabiyoti taʼlim yoʼnalishida davom ettirishim uchun onlayn test topshirdim. Аlbatta, mamlakatimizda yaratilgan bunday shart-sharoitlar biz singari yoshlarga katta imkoniyatlar beradi», -deydi Q.Qantarbaev.

Urganch davlat universitetida ham, 29 avgust kuni, 2019/2020 oʼquv yilida xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishini Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʼchirish yoki koʼchirib qayta tiklash boʼyicha murojaat qilgan talabgorlar uchun masofaviy onlayn test sinovlarni oʼtkazildi.

Manba: http://edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 − seven =