O‘zDJTU TALABALARI YAPONIYADA AMALIYOT O’TAYDI

10.07.2019

Bugun, 10-iyul kuni III O’zbekiston-Yaponiya rektorlari konferensiyasi doirasida bir guruh yaponiyalik mehmonlar O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif  buyurdi.  

Mehmonlar Yaponiya ta’lim muassasalari Vasiylik kengashi raisi, Bunkyo Gakuin universiteti “Biznes boshqaruvi” fakulteti professori 
Masakazu Shimada va “Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i”  Omoteno Matsukilar O’zDJTU kampusi bilan va universitetda tashkil qilingan markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so’ng, yaponiyalik vakillar O’zDJTU rektori G’anisher Raximov bilan rasmiy uchrashuvda bo’ldilar. Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar yapon tilini o‘qitishni takomillashtirish; talaba, o‘qituvchi va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish; hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini yaratish; yapon tili yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish; yaponiyalik o‘qituvchilarni O‘zDTJUga jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zDJTUda Bunkyo Gakuin universitetining tegishli yo‘nalishlar talabalari amaliyotini tashkil qilish ham tashrif chog’ida ko’rib chiqildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 + 11 =