O‘zDJTUDA YAPONIYANING “JTB” KORPORATSIYASI BILAN HAMKORLIKDA “KARYERA MARKAZI” TASHKIL ETILADI

20.11.2019

O’zbekiston va Yaponiya turli sohalar, jumladan, madaniyat, fan va ta’lim sohalarida samarali hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bu kabi hamkorlikka hissa qo’shayotgan O’zbekistonnnig yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Mazkur universitet Yaponiyaning bir qancha nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda tashkilotlari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan.

Avval xabar qilganimizdek, hozirgi kunda O’zDJTU rektori G’anisher Raximov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning bir qancha nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari taklifiga binoan kunchiqar mamlakatda bo’lib turibdi. Tashrif davomida Yaponiyaning Bunkyo Gakuin, Sukuba, Nagoya, Nanzan, Aichi prefekturasi, Vakayama universitetlari hamda JTB Corporation tashkiloti rahbarlari bilan o’zaro uchrashuvlar va muzokaralar o’tkazish, shuningdek Toyo universiteti bilan hamkorlik to’g’risidagi Memorandumni imzolash ko’zda tutilgan.

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining yapon tashkilotlari bilan hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida 2019-yil 19-noyabr kuni «JTB» korporatsiyasi bosh ofisida O’zDJTU rektori, professor G’anisher Raximov yaponiyalik vakillar Natori Katsu (marketing departamenti Bosh menejeri), Shoko Usui (Global biznesni rivojlantirish bo’limi menejeri), Takayuki Suzuki (Global biznesni rivojlantirish bo’limi bosh mutaxassisi) bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog’ida tomonlar O’zDJTU negizida yapon va ingliz tillarida doimiy faoliyat yurituvchi gid-tarjimonlar kurslarini tashkil etish orqali hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar. Bundan tashqari, JTB bilan talabalar va o’qituvchilar almashinuviga ko’maklashish, shuningdek, xalqaro turizm sohasida qo’shma ilmiy tadqiqotlar o’tkazish bo’yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar, shuningdek, bitiruvchilarni ishga joylashtirish jarayonini qo’llab-quvvatlash, Yaponiya ish beruvchilari o’rtasida bo’sh ish o’rinlari yarmarkasini birgalikda o’tkazish va O’zDJTU bazasida «Ipak yo’li» ilmiy markazini rivojlantirishda korporatsiyaning ishtirokini ta’minlash maqsadida O’zDJTUda “Karyera markazi”ni tashkil etishga kelishib oldilar.

Ma’lumot o’rnida, JTB korporatsiyasi – Yaponiyaning mashhur brendlaridan biri bo’lib, dunyoning 40ga yaqin mamlakatida 500dan ortiq fililallariga ega sayyohlik agentligi va xalqaro turizm bozorining eng yirik ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Korporatsiyada 29 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Agentlikning asosiy maqsadi madaniyatlararo kommunikatsiyani yo’lga qo’yish bo’lib, korporatsiya fikricha, bu jarayonda asosiy vosita sayohat qilish hisoblanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve + 8 =