O‘zDJTUDA YAPON TILINI O‘QITISH TAKOMILLASHTIRILADI

10.07.2019

Kyoto chet tillar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti Yui Kikuko bugun, 10-iyul kuni O’zbekiston davlat jahon tillariga tashrif buyurdi.

O’zDJTU rektori G‘.Raximov boshchiligidagi universitet vakillari ishtirokida bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuvda tomonlarning takliflari tinglandi va quyidagi masalalar uchrashuv chog’ida muhokama qilindi:

  • Chet tillarini o‘qitishning zamonaviy metodlarini joriy etish masalalarida hamkorlik qilish; 
  • Talaba, o‘qituvchi va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
  • Hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini yaratish;
  • Yaponiyalik o‘qituvchilarni O‘zDTJUga jalb qilish;
  • O‘zbek-rus tillari bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli kurslarni tashkil qilish;
  • O‘zDJTUda Kyoto chet tillar universitetining tegishli yo‘nalishlar talabalari amaliyotini tashkil qilish.

Rasmiy uchrashuv davomida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Kyoto chet tillar universiteti bilan hamkorlikda chet tillarni o‘qitishning dolzarb masalalariga oid xalqaro anjumanlar, seminarlar va onlayn kurslar (vebinar, videoma’ruzalar) tashkil qilish hamda ularda ishtirok etishga kelishib olindi. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + eight =