PREZIDENT SOVRINI UCHUN TALABALAR O’RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TMOQDA

20.12.2023

Olimpiadaning respublika bosqichida 50 ta oliy taʼllim muassasasi jamoasi va 500 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ular “Zakovat”, erudit-kvartet, shashka, shaxmat va shaxsiy o‘yinlarida kuch sinashdilar.

“Zakovat” o‘yinida qo‘shimcha savollardan so‘ng g‘oliblar ma’lum bo‘ldi:

  • 1-o‘rin: Buxoro davlat tibbiyot instituti;
  • 2-o‘rin: University of science and technology;
  • 3-o‘rin: O‘zbekiston milliy universiteti.

G‘olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin: 100 million so‘m;
  • 2-o‘rin: 60 million so‘m;
  • 3-o‘rin: 40 million so‘m.

Birozdan so‘ng boshlanadigan Breyn-ring o‘yinining finalidan keyin yakuniy reyting ma’lum bo‘ladi. Hozircha umumjamoa hisobida 1-o‘rinni USAT, 2-o‘rinni O‘zMU jamoalari hal qilib bo‘ldi. 3-o‘rin egasi Breyn-ring finalidan so‘ng aniqlanadi.