“PROOFREADING” XIZMATI ILMIY MAQOLALARNI YUQORI REYTINGGA EGA JURNALLARDA CHOP ETISHGA KO‘MAKLASHMOQDA

11.10.2019

9 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va yosh olimlar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim etilgan “Proofreading” xizmati — ilmiy maqolalarni yuqori reytingga ega ilmiy jurnallar uchun tayyorlashga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminarni vazirlik mutasaddilari hamda Elsevier kompaniyasining hududiy rahbarlari Aliya Ospanova, Coen van der Krogt va Dmitriy Sultanov olib bordilar. Aliya Ospanova “Proofreading” xizmatining o‘ziga xosligi, mualliflarning maqola yozishda e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan tomonlari, maqolalarning umum qabul qilingan talablarga moslashtirish haqidagi ma’ruzasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bunda u yuqori reytingga ega ilmiy xorijiy jurnallarda maqolalar chop etishda e’tiborga olinadigan jihatlari haqida ma’lumot berdi. 

Ta’kidlash joizki, “Rroofreading” xizmati bu maqolani tekshirib, yuqori reytingga ega jurnallar talabiga mos holda tayyorlash xizmatidir. Ushbu xizmatdan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlardagi ilmiy faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bepul foydalanishlari mumkin. Maqolalar “Rroofreading” xizmatini taqdim etuvchi kompaniyaning texnik talablariga mos kelsagina, qabul qilinadi. Texnik talablarga javob bermagan maqolalar arizachiga qaytariladi. Shu o‘rinda “Rroofreading” xizmati faoliyati bilan tanishtirish, maqola tayyorlash va ularni yuqori reytingga ega jurnallarda chop etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumot berishda vazirlik mutaxassislari faollik ko‘rsatayotgani qayd etish mumkin. Seminarda ishtirok etayotgan yosh olim va mutaxassislar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga batafsil javob berildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

тринадцать + 12 =