QABUL – 2020: CHET TILLARI BO‘YICHA DOLZARB SAVOLLARGA JAVOBLAR

02.06.2020 324

Joriy o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlari yaqinlashgan sari fuqarolardan murojaatlar, ayniqsa,  chet tillari bo‘yicha savollar ko‘payib bormoqda. Shularni hisobga olib, chet tillari bo‘yicha dolzarb savollarga quyidagi javoblar berilmoqda:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qarori 3-bandiga asosan 2019-yilga qadar Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinadi.
  2. Koronavirus pandemiyasi tufayli, belgilangan karantin chora-tadbirlari davom etmoqda. Xususan, mamlakatimiz hududida barcha ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatilgan. Hozirda Davlat test markazi tomonidan milliy sertifikat imtihonini karantin davri talablariga asosan o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Karantin cheklovlari yumshatilganidan yoki bekor qilingandan so‘ng va Davlat komissiyasi tomonidan ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga ruxsat berilgach, mart va aprel oylari uchun to‘lov qilgan nomzodlar uchun ijtimoiy masofani saqlagan hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
  3. Shuningdek, mamlakatimiz hududida pandemiya sharoiti yaxshilanib, cheklovlar yumshatilgandan keyin xalqaro sertifikat imtihonlari tegishli tashkilotlar tomonidan o‘tkazib boriladi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qarorida oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida imtiyoz beruvchi xalqaro sertifikatlar sanab o‘tilgan. Ushbu qaror bo‘yicha “IELTS indicator” sertifikatiga imtiyoz berish ko‘zda tutilmagan. Shuningdek, Britaniya kengashi rasmiy veb saytida ham test xavfsizligi nuqtai nazaridan IELTS indicator sertifikati barcha ta’lim muassasalari tomonidan birdek tan olinmagani hamda test topshirishdan oldin, ushbu masala yuzasidan ta’lim muassasasi bilan maslahatlashish kerakligi eslatib o‘tilgan.

MANBA: dtm.uz

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Navro‘za
    #1 Navro‘za 13 Iyul, 2020, 12:24

    Assalomu alaykum. Karonavirus tufayli 5ta fandan bo‘ladigan imtihonlarni qisqartirilganligi abiturientlar uchun yaxshi bo‘ldi. Lekin ielts to‘garaklariga boradigan abiturientlar ham darslardan uzilib qoldi. Pandemiya sababli ko‘p yoshlar 5 ielts oldi. Shu sababli bu yil 5 ieltsni ham o‘tkazishingizni iltimos qilaman.

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.