“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM” TANLOVIDA ISHTIROK ETING!

09.07.2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zbek tilini targ‘ib qiluvchi ijodiy izlanishlarni rag‘batlantirish va ommalashtirishga karatilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish, davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun onlayn dasturlar yaratish, dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish, xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dastur va darsliklar yaratishda ilg‘or natijalarga erishgan oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari, innovatsion texnoparklar, mustaqil ilmiy izlanuvchilar va dasturchilar, qiziquvchilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlar qabul qilinadi:

  • o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi lingvistik, sohaviy-terminologik, qomusiy lug‘atlar yaratishni rag‘batlantirish;
  • davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun onlayn dasturlar ishlab chiqilishini rag‘batlantirish;
  • dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish;
  • xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratish.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar til-tanlov@mininnovation.uz elektron pochtasi orqali joriy yilning 31-iyuliga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar, ishlanmalar quyidagi hujjat ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yo‘llanma xati birga taqdim etilishi lozim.

Batafsil ma’lumot uchun havola: https://mininnovation.uz/uz/announcement/3235

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 − 10 =