QIROL SALMON ARAB TILI AKADEMIYASI VAKILLARI OʻZDJTUGA TASHRIF BUYURDI

12.06.2024

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati hamda Saudiya Arabistoni Qirol Salmon arab tili akademiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida, Arab tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish, malakali va ilmiy darajaga ega arab tili oʻqituvchilarini OʻzDJTUga taklif qilish, arab tili guruhi talabalari uchun grantlar ajratish, talabalar amaliyotini tashkil qilish, ilmiy tadqiqotchilar uchun stajirovka dasturlarini tashkil qilish, ilmiy rahbarlik qilish va taqrizlar berish, hamkorlikda ilmiy anjumanlar, seminarlar va vebinarlar tashkil qilish, hammualliflikda arab tili boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, elektron darslik va lugʻatlar yaratish, mashhur yozuvchi va shoirlarning asarlarini arab va oʻzbek tillariga tarjima qilishda hamkorlik qilish, talabalar uchun yozgi va qishki lagerlar tashkil qilish kabi masallar muhokama etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − 3 =