QO’SHMA DASTUR ASOSIDA 1-KURSGA QABUL QILINGAN TALABALAR O’zDJTU BILAN TANISHDILAR

12.10.2020

2020-yil 12-oktabr sanasida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan Moskva davlat lingvistika universiteti hamkorligidagi Qo’shma dastur asosida 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan yangi o’quv yilini boshlash oldidan «Tanishtiruv xaftaligi» bo’lib o’tdi.

Tanishtiruv ishlari o’z navbatida O’zDJTU masul hodimlari: Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Alisher Abidjanov, xalqaro Dasturlar bo’limi boshlig’I Husan Yo’ldoshev va ushbu bo’lim hodimi D.Bazarova ishtirokida olib borildi.

Talabalarga universitet binolari, kelgusidagi o’quv mashg’ulotlari, ular o’qishni tugallagach ega bo’ladigan imkoniyatlar haqida to’liq ma’lumot berib o’tildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × one =