RАQАMLI TEXNOLOGIYALАR DАVRIDА NEMIS TILINI OʼQITISH | Xalqaro conferenciya

15.10.2022 826

Oʼzbekistondagi Gyote-Instituti 2022 yil 13-14 oktabr kunlari «Rаqаmli texnologiyalаr dаvridа nemis tilini oʼqitish» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman oʼtkazdi.

Аnjumanning 1–kuni (13.10.2022y). –  Respublika vazirlik va boshqa muassasalar mutasaddi xodimlari, xalqaro tashkilot va oʼquv markazlari vakillari, xalqaro ekspertlar, soha mutaxassislari, uzluksiz taʼlim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan professor – oʼqituvchilar ishtirokida onlayn yalpi yigʼilish oʼtkazildi.

Xalqaro konferensiyaning 2–kuni (14.10.2022y.) alohida shoʼba yigʼilishlarida anjumanning asosiy yoʼnalishlari boʼyicha Yevropa, Oʼzbekiston va boshqa davlatlar mutaxassis va referentlarining ilmiy maʼruzalari tinglandi, bahs-munozaralar tashkil etildi.

Аnjuman nemis tilini xorijiy til sifatida oʼqitish sohasidagi dolzarb ilmiy mavzular, hususan, yangi oʼquv dasturlari, yangi darsliklar, oʼquv uslubiy ishlanmalar yaratish jarayoni, nemis tili oʼquv mashgʼulotlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish, nemis tilini onlayn oʼrganish, nemis tili oʼqituvchilari uchun onlayn va oflayn malaka oshirish kurslari, til bilish kompetentsiyasini sinovdan oʼtkazishning onlayn va anʼanaviy uslublari kabi mavzular muhokamasiga bagʼishlandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.