RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI: “SHARQ ALLOMALARI YOZMA MEROSINING ILMIY, FALSAFIY, MA’NAVIY TAFAKKURDAGI O‘RNI”

17.09.2020 138

Joriy yil 23-oktyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Sharq allomalari yozma merosining ilmiy, falsafiy, ma’naviy tafakkurdagi o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi sho‘’balar faoliyati tashkil etiladi:

  • Sharq allomalari yozma merosini tadqiq etish: xorijiy tajriba, istiqbolli izlanishlar va muammolar.
  • Sharq falsafasi va madaniyati qadriyatlari: Sharq va G‘arb sivilizatsiyalararo muloqot kontekstida.
  • Sharq falsafasidagi axloqiy qadriyatlar va ularning yoshlarni yuksak ma’naviyatli shaxs etib tarbiyalashdagi o‘rni.
  • Falsafa va ma’naviy merosni o‘qitishning innovatsion usullari.

Konferensiyada ishtirok etishga soha mutaxassislari professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar va magistrantlar taklif etiladi. Konferensiyada muhokama qilinadigan masalalar asosida ilmiy to‘plam nashr etiladi. Unda ishtirok etish uchun ma’ruza matnlari (elektron variantda) va talabnomalar 2020 yil 10 oktyabrga qadar qabul qilinadi: e-mail: laziz_ziyo_1986@bk.ru

Batafsil ma’lumotni quyidagi axborot xati orqali olishingiz mumkin:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.