REYTER INSTITUTI JURNALISTLAR UCHUN OKSFORD UNIVERSITETIDA STIPENDIYA TAKLIF ETADI

11.01.2022

Jurnalistikani o‘rganish bo‘yicha Reyter instituti jurnalistlar uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qiladi. Dastur 2022-yilning oktyabr yoki 2023-yilning yanvar yohud 2023-yilning aprel oylarida boshlanadi.

Dasturning davomiyligi — 3 oydan 6 oygacha.

Dastur qanday imkoniyatlar beradi:

  • o‘z kasbingizni qayta ko‘rib chiqishni;
  • tanlangan mavzu bo‘yicha soha mutaxassislari rahbarligida tadqiqot o‘tkazish;
  • Oksford universitetining o‘quv, madaniy va ijtimoiy hayotida ishtirok etish.

Kimlar ariza topshira oladi — kamida 5 yil ish tajribasiga ega va ingliz tilini a’lo darajada biladigan jurnalistlar.

Hujjat topshirish muddati — 14-fevral, 2022-yil.

Batafsil ma’lumot (ingliz tilida) va hujjat topshirish ushbu havolada: https://reutersinstitute.politics.ox.ac.uk/our-journalist-fellowship-programme

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

тринадцать + 1 =