«ROSSIYA TA’LIMI. TOSHKENT-2021» XALQARO KO‘RGAZMASI BO‘LIB O‘TADI

04.10.2021

5-7-oktabr kunlari Toshkent shahrida «Rossiya ta’limi. Toshkent-2021» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada o‘ttizdan ortiq Rossiya Federatsiyasining universitetlari o‘z o‘quv dasturi va imkoniyatlarini taqdimot qiladi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi abituriyentlarni (maktab, litsey bitiruvchilarini) Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish (grantlarni qo‘lga kiritish) imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat.

Ko‘rgazma tashkilotchilari: «Rossotrudnichestvo», Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.

O‘tkazish joyi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Islom Karimov ko‘chasi 49, «O‘zbekiston» va «Xalqlar do‘stligi» metro bekatlari).

Ko‘rgazma ish vaqti: 10:00 – 17:00.

Batafsil ma’lumot uchun: https://uzedu.uz/uz/rossia-universitetlarida-talim-olmokcimisiz-unda-kurgazmaga-maramat

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 + 8 =