ROSSIYA VA O’ZBEKISTONNING NUFUZLI OLIY O’QUV YURTLARI QO’SHMA DIPLOMIGA EGA BO’LING!

15.07.2020

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha o’qishga qabul boshlanganini e’lon qilmoqda.

Hamkor universitet: Moskva davlat lingvistika universiteti (MDLU)

Ta’lim yo’nalishi: Tilshunoslik: til va madaniyatni o’qitish nazariyasi va metodikasi

O’qish muddati: 4 yil (3 yil O’zDJTUda va 1 yil MDLUda)

Barcha hujjatlar skanerlangan holda PDF formatida saqlanishi va elektron pochta orqali yuborilishi kerak: mrx191267@gmail.com

Hujjatlar 2020-yilning 15-iyulidan 15-avgustiga qadar qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari joriy yilning 16-avgustidan 28-avgustigacha o’tkaziladi.

Imtihonlarni topshirish uchun fanlar:
1 – ingliz tili – onlayn test
2) rus tili – onlayn test

Tanlovning birinchi bosqichida har bir abituriyent bilan Zoom ilovasi orqali onlayn suhbat o’tkaziladi. Zoom ilovasini kompyuteringizga (noutbukga) yoki telefoningizga oldindan o’rnatishingiz kerak. Onlayn suhbatning sanasi va vaqti haqida qo’shimcha ravishda telefon yoki Telegram orqali xabar qilinadi.

Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar 3 kun ichida Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi elchixonasi konsullik bo’limida tasdiqlangan hujjatlarning o’tkazmalarini taqdim etishlari shart.

Bir yillik o’qish uchun shartnoma miqdori 2000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Ta’kidlash joizki, O’zDJTUda o’qish uchun to’lov O’zbekiston Respublikasining Milliy valyutasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to’lov kunidagi kursi bo’yicha amalga oshiriladi.

O’quv dasturini muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga O’zDJTU va MDLU davlat namunasidagi ikkita diplom beriladi.

Qabul masalalari bo’yicha O’zDJTU qo’shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo’limiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
(+99871) 230 1343
(+99897) 449 0967
Telegram: (+99890) 946 7736, (99899) 877 4847
Elektron pochta: mrx191267@gmail.com

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × five =