SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIDA XORIJIY TILLARNI O’QITISH METODIKASINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA BAG’ISHLANGAN XALQARO ANJUMAN BO’LIB O’TDI

21.04.2022

Joriy yilning 20-aprel  sanasida Ingliz tili-II fakulteti Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Xorijiy til taʼlimi lingvodidaktikasi va innovatsion asoslari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Mazkur konferensiya Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Indoneziyaning Makassar universiteti, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi va Rossiya Federatsiyasining Yaroslavl pedagogika universiteti hamkorligida o‘tkazildi. Konferensiyada xorijiy va mahalliy taniqli olim va tilshunoslar xorijiy tillarni o’qitishning hozirgi kundagi muammolari kelgusidagi istiqbollari yuzasidan o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiya xorijiy til taʼlimi, xorijiy tillarni o‘qitish usullari va taʼlim-tarbiya nazariyasi, taʼlim jarayoniga yangi pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq dolzarb muammolar, ularning yechimlarini topish hamda bu borada erishilgan yutuqlar doirasida mutaxassislarning tajriba va fikr almashuvini taʼminlash, masofaviy taʼlim usullarini takomillashtirish, til o‘qituvchilari pedagogik mahoratini oshirish va o‘qitish sifatini yaxshilashga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − 8 =