SamDCHTIDA MALAYZIYA UNIVERSITETI FILIALI OCHILADI

02.06.2020

Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti prezidenti Prof.Dr.James hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinovlar o’rtasida joriy yilning 28-may kunida onlayn xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Onlayn hamkorlik uchrashuvida 2020/2021-o’quv yilida ikki OTM o’rtasida oldindan rejalashtirilib kelinayotgan ta’lim yo’nalishlari va qo’shma dasturlarni tashkil etish, ya’ni bakalavr ta’lim bosqichida jurnalistika va turizm yo’nalishlari bo’yicha Malayziyaning “City University of Malaysia” universitetining Samarqand davlat chet tillar instituti tarkibida filialini ochish, shuningdek, bakalavr ta’lim bosqichida 2+1 qo’shma dasturi asosida maktabgacha ta’lim yo’nalishini tashkil etish (2 yil SamDCHTIda, 1 yil Malayziyaning “City University of Malaysia” universitetida tahsil olish ) borasida hamokorlik Memorandumi imzolandi.

Onlayn hamkorlik uchrashuv doirasida SamDCHTIda ochiladigan “City University of Malaysia” filialining o’quv binolarini yangi o’quv yiliga tayyorlash, qabul jarayonlarini tashkil etish, kvotalar hamda shartnoma to’lovlarining miqdorini belgilash kabilar yuzasidan muzokaralar olib borildi. Ushbu hamkorlik muzokaralari natijasida rejalashtirilgan va imzolangan hamkorlik Memorandumida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida kelasi hafta hamkorlik shartnomasi imzolanishiga kelishib olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti
Samarqand davlat chet tillar instituti

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Lunatic
    #1 Lunatic 4 Iyun, 2020, 10:19

    Bizning yurtimizda ham jahon standartlariga javob beruvchi, nufuzli, chet mamlakatlari bilan hamkorlikda ochilayotgan Oliy Ta’lim Muassasalari ko’payotgani taqsinga sazovor albatta! Bu esa mamlakat rivojiga katta hissa qo’shuvchi, jahon standartlariga mos bo’lgan holda ta’lim olib, yetuk mutaxassislar sonini yanada ko’payishiga sabab bo’ladi. Eng quvonarlisi shundaki, biz yoshlar chet ellariga ortiqcha harakat va harajatlarsiz o’z yurtimizda o’qish imkonimiz borligidadir, biz esa Oliy Ta’lim Muassasasi tez orada bu yilda o’z faoliyatini boshlanishini kutib qolamiz!

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + thirteen =