SamDCHTIDA QOʼSHMA TA’LIM DASTURLARIGA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI

21.08.2020

Samarqand davlat chet tillar institutida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qoʼshma ta’lim dasturlariga hujjatlar qabuli boshlandi. 

Qabul muddati: 2020-yil 20-avgustdan 15-sentabrga qadar. 

Taʼlim yoʼnalishlari: Bakalavriatda — Filologiya va tillarni oʼqitish (koreys tili) — Filologiya va tillarni oʼqitish (rus tili)— Filologiya va tillarni oʼqitish (xitoy tili)  

Taʼlim yoʼnalishlari: Magistraturada — Lingvistika (ingliz tili) 

Аbituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:  

  • Аbituriyent arizasi (elektron tarzda onlayn toʼldiriladi);
  • Pasport (PDF yoki JPEG formatida);
  • Аttestat yoki diplom ilovasi bilan (PDF formatida);
  • Foto (portret) 3,5×4,5 JPEG formatida;
  • Xorijiy tilni bilish boʼyicha sertifikat (agar mavjud boʼlsa CEFR, IELTS, TOEFL).

Hujjatlar qabuli quyidagi havola orqali onlayn amalga oshiriladi: http://admission.samdchti.uz/  

Koll-markaz:  +(99866) 238-29-53 +(99893) 356-28-02 

Batafsil maʼlumot: https://samdchti.uz/xalqaro-aloqalar/qushma-talim-dasturlari

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + eleven =