SamDU XALQARO TA’LIM DASTURLARI FAKULTETIGA QABUL BOSHLANDI

10.07.2020

Samarqand davlat universitetida xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetiga 2020-2021 o’quv yili uchun qabul jarayoni boshlanganligini ma’lum qilmoqda.

Ushbu fakultetda 2020-2021 o’quv yilida Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, AQSh va Rossiya kabi rivojlangan davlatlar yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda 8 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va 11 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim olib boriladi.

Fakultetda Tarix (Buyuk ipak yo’li tarixi), Amaliy matematika, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo’nalishlar bo’yicha), Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo’yicha), Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, Maktabgacha ta’lim, Raqamli iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo’yicha), Iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo’yicha) bakalavr ta’lim yo’nalishlari bo’yicha xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlanadi.

Magistraturada quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlanadi: Mexatronika va robototexnika, Mashinashunoslik, Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar, Biologiya (Ixtiologiya va gidrobiologiya), Ekologiya (Yaylov ekologiyasi), Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha), Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha), Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar bozori (sohalar bo’yicha), Inson resurslarini boshqarish, Lingvistika: rus tili, Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti magistratura mutaxassisliklari bo’yicha xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlanadi.

Fakultetda o’qish jarayoni ingliz va rus tillarida olib boriladi.  Bakalavriat yo’nalishining birinchi ikki yili va magistraturaning birinchi yilini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettiradilar. Xorijiy universitetlarda o’qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo’ladilar.

Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish universitetning www.fiep.admission.samdu.uz veb-saytida onlayn tarzda amalga oshiriladi. Mazkur veb-saytda barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha to’liq ma’lumotlar taqdim etilgan. Hujjatlar 2020-yilning 20-iyuliga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun havola: http://samdu.uz/newsads/359

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + 11 =