SCOPUS — ASOSIY MEZONLAR, AFZALLIK VA IMKONIYATLAR

15.05.2023

Scopusda indeksatsiya qilish butun dunyo bo’ylab jurnallar uchun katta yutuq hisoblanadi va bu jihat ilmiy jamiyatning boshqa a’zolari uchun jurnalning sifatini tasdiqlab beradi.

Scopus uchun minimal mezon:

  • jurnal taqriz asosidagi kontentga ega bo’lishi kerak;
  • jurnal muntazam ravishda nashr etilishi kerak (ISSN xalqaro markazida ro’yxatdan o’tgan ISSN bo’lishi kerak);
  • kontent xalqaro auditoriya uchun dolzarb va tushunarli bo’lishi kerak (lotin transkripsiyasida bo’lishi, maqola nomi va annotatsiyasi ingliz tilida ham berilishi kerak);
  • jurnalning etika qoidalari mavjud bo’lishi;
  • bundan tashqari, umumiy amaliyotga ko’ra, jurnal Scopus (ikkinchi bosqich) ga qo’shilish uchun arizani ko’rib chiqishdan kamida ikki yil oldin chop etila boshlangan bo’lishi lozim.

Scopusga kirgan jurnalning qanday afzalliklari bor?

Scopusga qabul qilingan jurnal:

  • Xalqaro jihatdan tan olinadi;
  • Butun dunyodagi boshqa tadqiqotchilar bilan hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar mavjud;
  • Jurnal kontentida iqtiboslilik darajasi ortishi mumkin;
  • Global ilmiy hamjamiyatni rag’batlantirish va ixtisoslashtirilgan fan sohalariga hissa qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Jurnalning Scopusda keltirilganligini bilish qanchalik muhim?

Jurnalning Scopusga kiritilganligi uni ilmiy jamoatchilik uchun potensial ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Scopusga kiritilgan jurnallar boshqa shu sohadagi jurnallardan o’zining ahamiyati bilan farqlanadi, ya’ni Scopus bazasiga kiritilgan nashrlar jurnallarni baholash jarayonida yuqori o’rinda turadi. Bundan tashqari, Scopusga kiritilgan jurnallar shu sohada ilmiy tadqiqot qilish uchun eng yaxshi indikatorlardan hisoblanadi.

Nima uchun maqolaning annotatsiyasi ingliz tilida bo’lishi kerak?

Ingliz tili xalqaro ilmiy hamjamiyatning asosiy tili. Shuning uchun, Scopus (sarlavha, annotatsiya, kalit so’zlar)da taqdim etilgan barcha kontent ingliz tilida bo’lishi kerak. Bundan tashqari, Scopusda kontentni indeksatsiya qilish, profillash va qayta ishlash ingliz tilida amalga oshiriladi.

Scopusga kiritilgan nashrlarning to’liq matni istalgan tilda yozilishi mumkin (sarlavha, annotatsiya va kalit so’zlar ingliz tilida yozilgan bo’lsa). Hozirgi vaqtda Scopus 40 tilda ilmiy maqolalarni nashr etadi.

Scopusda konferensiya materiallari ham chop etilishi mumkinmi?

Konferensiya materiallari Scopusga kiritilishi mumkin, faqat talab – konferensiya materiallari ham davriylik xususiyatiga ega bo’lishi lozim, shuningdek, materiallar Scopusning barcha minimal mezonlariga javob berishi kerak. Konferensiya materiallari jurnallar bilan bir xil talabda ko’rib chiqiladi.

Scopus Tarkibi:

  • 22,000 dan ortiq jurnallar;
  • 280 nomdagi savdo nashrlari;
  • 562 kitoblar seriyasi (chop etish davom etayotgan nashrlar);
  • 8 milliondan ortiq konferensiya materiallari;
  • 60 milliondan ortiq qaydlar.

Funksional imkoniyatlari:

  • ilmiy soha va ko’rib chiqilayotgan adabiyotlarni izlash va tahlil qilish (alohida maqola tahliliga qadar);
  • barcha mumkin bo’lgan qidiruv manbalari (ilmiy jurnallarda, patentlarda, ilmiy saytlarda) va jurnallar, mualliflar va hamkorlar, tashkilotlar, yillar, nashrlarning turlari va boshqalar;
  • alohida muallif, tashkilot faoliyatini tahlil qilish (samaradorlik, taklif va h. k.).);
  • jurnallarni bir nechta ko’rsatkichlar bo’yicha qidirish, tahlil qilish va taqqoslash;
  • istalgan mualliflar haqida to’liq ma’lumotlarni olish (muallifning ismi, ish joyi, nashrlar mavzusi, takliflar va boshqalar).

9 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Bahodir
    #1 Bahodir 9 May, 2020, 09:26

    Rahmat kerarli ma’lumotni oldiм.

    Reply this comment
  2. ЗАФАР
    #2 ЗАФАР 6 Iyun, 2020, 14:03

    ПЕДАГОГИКА ЙЎНАЛИШДА ЖУРНАЛ БОРМИ АДРЕС КАНТКАЛАРИНИ ЁЗИБ ЮБОРИНГ

    Reply this comment
  3. gulnoz
    #3 gulnoz 12 Noyabr, 2020, 20:56

    Assalomu alaykum kimyo fani bo’yicha jurnallar bo’lsa email adreslarini tashlavoring

    Reply this comment
  4. Polatov
    #4 Polatov 24 Noyabr, 2020, 10:44

    Qanday qilib maqola topshirsak bo’ladi sizlarga.

    Reply this comment
  5. Begali
    #5 Begali 19 Fevral, 2021, 23:13

    Assalomu aleykum huquq bo’yicha maqola yozmoqchi edim. Shunga kontaktlar kerak edi kryin maqola chiqarish qanaqa bo’ladi

    Reply this comment
  6. Бахром
    #6 Бахром 21 Fevral, 2021, 04:25

    Салом! Электрон почта оркали макола юборилган эди. Жавоб берилмади.

    Reply this comment
  7. Ольга
    #7 Ольга 4 Avgust, 2022, 18:00

    хочу опублиовать стаью. Сообщите, пожалуйста, условия оплаты

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

одиннадцать + восемь =