SHOSHILING! BEPUL INGLIZ TILI KURSIGA QABUL BOSHLANDI!

19.09.2019

AQSh elchixonasi O’zbekiston Milliy kutubxonasidagi “Amerikaga darcha” xonasida bo’lib o’tadigan bepul “English in Use” ingliz tili kurslari boshlanganini e’lon qilmoqda.

Mazkur kurs ingliz tilini boshlang’ich darajada bilgan 16 yosh va undan kattalar uchun mo’ljallangan.  Kurs dasturi kelgusida tilni ta’lim olish yoki kasbiy o’sishda qo’llamoqchi bo’lganlar uchun ishlab chiqilgan.

Tanlov jarayoni 2019-yil 24-27-sentabr kunlari O’zbekiston Milliy kutubxonasida bo’ladigan sinov testlari orqali amalga oshiriladi. 

Onlayn arizalarni ushbu havola orqali 20-sentabrgacha topshirishingiz mumkin: https://forms.gle/knxdske85N8imuSj8

Test kuni haqida ma’lumot arizada ko’rsatilgan elektron manzilga yuboriladi, shuning uchun aniq mavjud bo’lgan elektron pochta manzilini ko’rsating.

O’qish oktabr oyida boshlanadi va dekabr oyigacha davom etadi. Darslar dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 16:00 dan 18:00 gacha o’tiladi. Savollaringizni english.inuse2018@gmail.com elektron manzilga yo’llang.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight − eight =