SHUHRAT SIROJIDDINOV NIJNIY NOVGOROD DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETINING FAXRIY PROFESSORI UNVONINI OLDI

18.09.2021

2021-yil 15-16-sentabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida “Intervolga-2021” xalqaro forumi o‘tkazildi.

Mazkur forumda dunyoning 20dan ortiq mamlakatlaridan nufuzli olimlar, madaniyat xodimlari, san’at vakillari ishtirok etishdi. Forumga maxsus mehmon sifatida taklif etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetining Faxriy professori unvoniga sazovor bo‘ldi.

“Professor Shuhrat Sirojiddinov rahbarlik qilib kelayotgan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilgandan boshlab universitetimiz bilan uzviy hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. O‘tgan yillar mobaynida bizning bu aloqalarimiz mustahkamlanib, hamkorligimiz yanada kuchayib bormoqda. Ushbu hamkorlik natijasida bir qancha loyihalarimiz amalga oshdi, jumladan, akademik mobillik bo‘yicha talabalar almashinuvi hamda professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishi yoʻlga qoʻyildi. Hamkorligimizdan asosiy maqsad – oliy taʼlim kadrlari salohiyatini oshirish, fan, taʼlim, ilmiy tadqiqot loyihalarini olib borish, talabalarning bakalavr hamda keyingi taʼlim bosqichlari uchun dasturlar ishlab chiqishni nazarda tutadi.”-dedi oʻz soʻzida Nijegorod davlat lingvistika universiteti rektori Janna Nikonova.

Tadbir davomida rektor Shuhrat Sirojiddinovga faxriy professorlik unvoni hamda mantiyasi tantanali ravishda topshirildi. Universitetning faxriy profeyessori sharafiga universitet hamda talabalarilarning “Gaudeamus” madhiyasi yangradi.

Rektor o‘z chiqishida ikki do‘st universitet hamkorligi masalalariga alohida to‘xtaldi hamda ushbu aloqalar albatta mustahkamlanib borishi kerakligini ta’kidladi. Bundan tashqari, “Intervolga-2021” xalqaro forumi ishtirokchilarining Nijegorod Davlat lingvistika universiteti haqidagi iliq fikrlari diqqatga sazovor ekanligini aytib o‘tdi.

Batafsil ma’lumot uchun havola.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve + 15 =