SINGAPUR HUKUMATI HAMKORLIK DASTURI (SCP) DOIRASIDA QISQA MUDDATLI ONLAYN O’QUV KURSINI TAKLIF ETADI

05.04.2022

Muddati: 2022-yil 20-may

Singapur Respublikasi joriy yilning 20-24-iyun kunlari «Pandemiyalarga munosabat va kelajakda ularga tayyor bo’lish» (Responding to pandemics and future preparedness) mavzusida Singapur hukumati hamkorlik dasturi (SCP) doirasida qisqa muddatli onlayn (Zoom tizimi orqali) o’quv kursini taklif etadi.

Ushbu kursda ishtirok etish uchun nomzodlar 2022-yil 20-mayga qadar quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishi talab qilinadi: https://go.gov.sg/rpfp22

Nomzodlar ingliz tilini yozma va og’zaki yaxshi bilishlari talab qilinadi.

Xorij tomoni talablariga mos ravishda to’liq to’ldirilgan anketalarni nomzodlar joriy yilning 1-mayiga qadar O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilishlari kerak.

Nomzodlar qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi www.scp.gov.sg veb-saytga murojaat qilishlari mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × четыре =