«SMARTFONDA FOTO VA VIDEO KONTENT YARATISH» ONLAYN-TRENING

05.01.2021

2021-yilning 15-25-yanvar kunlari Internews Network xalqaro nodavlat tashkiloti O‘zbekistonlik professional, fuqarolik jurnalistlari va blogerlari uchun «Smartfonda foto va video kontent yaratish» onlayn-treningini tashkil etmoqda. Treningda qatnashish bepul.

Treningning maqsadi — jurnalistlar va blogerlarni mobil jurnalistikaning xalqaro standartlari asosida o‘z smartfonlarida professional tarzda suratga olish va yuqori sifatli mediakontent yaratishga o‘rgatish.

Trening quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • Mobil fotosuratlar: portret, landshaft, arxitektura;
  • Surat 360;
  • Fotosuratlar va videolar uchun tashqi dasturlardan foydalanish;
  • Smartfonda tungi suratga olish;
  • Mobil video: smartfonda suratga olish va tahrir qilish;
  • Smartfonda video intervyu.

Mashg‘ulotlar har biri 2 soatdan, 5 ta vebinardan iborat bo‘lib, Zoom platformasida bo‘lib o‘tadi. Seminar jadvali keyinroq e’lon qilinadi.

Trening nafaqat nazariy bilimlar berish, shuningdek, amaliy ishlarni ham bajarish va ularga trener fikri va izohlarini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Barcha ishtirokchilarda smartfon va shaxsiy kompyuter, shuningdek, mobil qurilmalar uchun shtativ (agar mavjud bo‘lsa) bo‘lishi kerak.

Trening tili — o‘zbek tili.

Trener: Marat Sodiqov — tajribali prodyuser, jurnalist, operator-muharrir, Olmotada faoliyat yuritadi, O‘zbekistonning media muhitini yaxshi biladigan mutaxassis.

Hujjatlar 2021-yil 10-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun onlayn shaklni to‘ldiring.

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha ekhmelevskaya@internews.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty + 15 =