SOHIBQIRON TAVALLUDIGA 686 YIL TO‘LDI

09.04.2022

Bugun Amir Temur tavalludi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident Administratsiyasi, parlament a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ullari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan Amir Temur o‘z vaqtida Osiyo va Yevropada ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib, dunyo sivilizasiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk bunyodkor bo‘lgani yodga olinib, mamlakat obodligi, ilm-fan ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jamoasi ham Sohibqiron haykali poyiga gullar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalarida ham davom etmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − 6 =