TALABALAR BAHORI III XALQARO FESTIVALIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI
17.04.2019 537“BRICS va ShHT mamlakatlari talabalar bahori” III Xalqaro festivalida ishtirok etishni xohlaysizmi? Unda shoshiling!
2019-yil 4-9-iyun kunlari Stavropolda “BRIKS va ShHT mamlakatlari talabalarining bahorlari” III Xalqaro festivali bo’lib o’tadi.
Festival quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’tkaziladi:
– BRIK va ShHT mamlakatlari yosh rahbarlarining IV Forumi;
– BRICS va ShHT mamlakatlari yosh jurnalistlarining II Forumi;
– BRIK va ShHT mamlakatlari Ta’lim Forumi;
– “Универвидение” xalqaro musiqa tanlovi;
– “Talabalar qirolichasi” xalqaro ko’ngilochar va badiiy mahorat tanlovi;
– “Art Hall”.
O’zbekiston Respublikasining 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Hujjatni taqdim etish: Youthunion@yi.uz elektron pochtasiga kerakli yo’nalishni ko’rsatib, video-rezyume va videoklipni yuborish kerak bo‘ladi (1 daqiqagacha).
Hujjatlar 2019-yilning 26-apreli 23:59 gacha qabul qilinadi.
*Izoh: Aviachipta xarajatlari festival qatnashchilarining o’zlari tomonidan qoplanadi. Boshqa barcha xarajatlar Yoshlar Ittifoqining hamkor davlatlari tomonidan qoplanadi. Delegatsiyaning barcha a’zolarida pasport, tibbiy sug’urta bo’lishi kerak.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.