TALABALAR O‘RTASIDA INTELLEKTUAL HAFTALIK BO‘LIB O‘TADI

11.05.2023

23-26-may kunlari Buxoro shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik bo‘lib o‘tadi.

Unda talabalar 3 kun davomida “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Shaxsiy o‘yin” va “Zakovat Quiz” o‘yinlarida o‘zaro bellashadilar.

Intellektual haftalikda yo‘nalishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalari ishtirok etishi mumkin.

Intellektual haftalikda har bir OTMdan 7 nafar talaba va bir nafar murabbiy ishtirok etadi.

Intellektual haftalikda ishtirok etish uchun ariza “Zakovat intellektual klubi” NNT nomiga, haftalik@zakovat.tv elektron pochta manziliga OTM rektori tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda (PDF formatida) yuborilishi lozim.

Arizalar 13-may kuni soat 23:59gacha qabul qilinadi.

Intellektual haftalikda qatnashish istagini bildirgan OTMlar soni 50 dan oshib ketgan taqdirda, Intellektual haftalikning hududiy saralash bosqichi tashkil qilinishi mumkin.

Hududlardagi saralash o‘yinlari faqat “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘tkaziladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × three =