TALABALAR UCHUN “CISCO GLOBAL PROBLEM SOLVER” XALQARO TANLOVI

09.12.2020

Cisco Global Problem Solver har yilgi tanlovining maqsadi — jamiyat va atrof-muhitga foyda keltiruvchi ilk bosqichdagi innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, ushbu tanlov yana arizalar qabulini boshladi. Tanlovda butun jahon boʻylab texnologik loyihalar, yechimlar va xizmatlar izlanadi.

Talablar:

– 18 yoshga toʻlgan ishtirokchilar qabul qilinadi;

– jamoada 5 kishigacha ishtirokchi boʻlishi mumkin;

– yechim jamiyat (real biznes) yoki atrof muhit (suv, oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash, moliyaviy integratsiya, taʼlim, narx-navo) borasida ijobiy oʻzgarishlar qilish maqsadidagi raqamli texnologiyalarni qoʻllashi kerak;

– yechim ingliz tilida taqdim etilishi lozim.

Sovrinlar:

Sovrin jamgʻarmasi 300 000 AQSH dollari, bu mablagʻ 10 ta gʻolib oʻrtasida boʻlib beriladi.

Muddat: 2021-yil 29-yanvar

Batafsil maʼlumot va ishtirok etish uchun: https://bit.ly/3mJrZ6b

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen + 11 =