TALABALAR UCHUN GRANTLAR TANLOVI

19.05.2020

Sciences Po va Freie Universität Berlin universitetlari o‘rtasidagi Dual BA dasturida ishtirok etish uchun mo‘ljallangan Stephen M. Kellen stipendiyasida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi, deb xabar bermoqda «El-yurt umidi» jamg’armasi.

Ushbu stipendiya yoshlarni huquq, iqtisod, tarix, siyosiy fanlar va sotsiologiyani o‘rganish uchun Yevropaga kelishga taklif qiladi, 3 tilda so’zlasha olish hamda Fransiya va Germaniya madaniyati bilan tanishish imkoniyatlari bo‘ladi.

Ushbu stipendiya Science Po universitetida 2 yillik o‘qish uchun to‘lanadi va Nensi shahrida Science Po universiteti kampusida yashash uchun yiliga 6000$ miqdorida va Berlindagi Freie Universität Berlin kampusida yashash uchun (2 yil) 7000$ miqdorida grant taklif qiladi.

Muddati: 30iyun 2020y.

Talablar:

Nomzod Science Po universitetiga va Freie Universität Berlin bilan birgalikda ikki darajali (Double Degree ) hujjat topshirishlari shart.

Talabalar quyidagi hujjatlarni 2020 yil 30 iyungacha academy@usscpo.org  elektron manziliga yuborishlari kerak:

to‘ldirilgan ariza shakli;

• Berlindagi o‘qish uchun motivatsion xat (maksimal 1000 so‘z);

• «Yevropada populizm va demokratiya» mavzusida ingliz tilida insho (1,500 so‘z).

Batafsil: https://www.sciencespo.fr/us-foundation/content/stephen-m-kellen-scholarship

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 3 =