TECHNOVATION GIRLS UZBEKISTAN DASTURIDA ISHTIROK ETING

26.01.2021

Technovation Girls Uzbekistan dasturi:

3 oy (fevral – aprel) davom etadigan mashgʻulotlarga moʻljallangan boʻlib, u Oʻzbekistonning barcha hududlarida, aksariyati onlayn-formatda oʻtkaziladi.

Jamoalarga tadbirkorlar, oʻqituvchilar, universitet talabalari va IT-mutaxassislaridan iborat mentorlar tomonidan yordam koʻrsatiladi.

Har bir jamoa mobil ilova yaratadi, loyihaning biznes-rejasini yozadi, loyiha haqida video suratga oladi va tanlov yakunida oʻz loyihasini taqdim etadi.

Vebinarlar mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida quyidagi mavzular boʻyicha boʻlib oʻtadi:

  • mobil ilovalarni dasturlashtirish (App Inventor dasturida);
  • biznes-reja yaratish, ijtimoiy tadbirkorlik;
  • smartfonlarga video olish, videoni montaj qilish;
  • taqdimotlarni tayyorlash;
  • mentorlik;
  • IT sohasida karyera;
  • Barqaror rivojlanish maqsadlari.

Ishtirokchi qizlar va mentorlarni roʻyxatdan oʻtkazish ishlari 10-fevralgacha www.technovation.uz saytida amalga oshiriladi.

Dasturda qatnashish bepul.

Batafsil ma’lumot uchun: https://mininnovation.uz/uz/news/2804

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − 18 =