TECHNOWAYS – YOSHLAR UCHUN ILK TEXNOLOGIK MARAFON

04.09.2020 71

O‘quvchi, talabalar, tadqiqotchilar hamda ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash bo‘yicha bilimlarni oshirish, shuningdek, loyihalar ishlab chiqish hamda tijoratlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida TECHNOWAYS texnologik rivojlanish marafoni tashkil etilmoqda.

O‘tkaziladigan sana: 2020 yil 15-30 sentyabr
Vaqt: 09:00-18:00, Dushanba-Juma.
Marafon tili: o‘zbek, rus
Ushbu marafonda ishtirok etish – BEPUL

Marafon dasturi:

➖ Seminar treninglar. 1-3 kunlar
Ishtirokchilarga innovatsiya, innovatsion faoliyat, startaplar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar beriladi. Startaplar qanday qilib muvaffaqiyat qozonish sirlari o‘rgatiladi.

➖ Loyihalarni yaratish. 4-10 kunlar
Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati, laboratoriyalari, startap loyihalar, 3D prototiplashtirish, IOT, tijoralashtirish, dasturlash bo‘yicha seminar treninglar o‘tkaziladi. Talabalar jamoalarga bo‘linib, har bir jamoaga mentorlar biriktiriladi. Jamoalar loyiha tanlashadi hamda uni yaratishni boshlaydi.

Marafonda ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolaga o‘ting: www.technoways.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.