TOKIO UNIVERSITETI BAKALAVRIAT DASTURI: “GLOBAL SCIENCE COURSE UNDERGRADUATE TRANSFER”

27.01.2021

Muddati: 2021-yil 24-mart
O‘qish joyi: Yaponiya, Tokio
O‘qish muddati: 2 yil

Global Science Course Undergraduate talabalar transfer dasturi yosh istiqbolli talabalar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish va kelajak avlod rahbarlarini targ‘ib qilish maqsadida ishlab chiqilgan. Talabalar Tokio universiteti talabalari bilan birgalikda o‘qishadi, mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi, ilmiy loyihalarda qatnashadi, dunyoning eng yaxshi laboratoriyalarida ishlaydi. Bu fan talabalari uchun dunyoqarashini kengaytirish va unutilmas tajriba va taassurotlarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Universitet barcha dastur ishtirokchilariga oyiga 150,000 YEN miqdorida stipendiya taklif qiladi. Ushbu stipendiya Yaponiyada yashash bilan bog‘liq o‘quv to‘lovlari va xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo‘ladi. Shuningdek, universitet yashash imkoniyatini beradi, talabalar ijara haqini to‘lashlari shart emas, faqat kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashlari kerak. Ilmiy fakultet o‘qituvchilari xalqaro talabalarga Tokioda yashashga yordam beradi. Shuningdek, talabalar haftasiga ikki marta yapon tilidagi kurslarga qatnaydilar, bu ularga til to‘sig‘ini yengishga yordam beradi.

Talablar:
– bakalavriat dasturlaridan birida 2 ta o‘qishni tamomlashi lozim (62 ta kredit);
– o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish kerak (Yaponiyada olinmagan);
– ingliz tilini bilishi lozim;
– fan bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lishi kerak.

Ariza quyidagi hujjatlar bilan onlayn tarzda topshiriladi:
– talaba haqida shaxsiy ma’lumotlar;
– ta’lim to‘g‘risida ma’lumot (to‘liq o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalari, baholar bilan ko‘chirma, universitetga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xat, universitetda o‘qigan fanlarning qisqacha tavsifi);
– ingliz tilini bilish testi (TOEFL iBT – 80, TOEFL PBT – 550, IELTS – 6,5, Cambridge English: Advanced(CAE) – C);
– motivatsiya xati;
– qo‘shimcha ma’lumotlar (o‘quv yutuqlari, ish tajribasi, ko‘ngillik ishlari faoliyati);
– tavsiya uchun 2 o‘qituvchining aloqa ma’lumotlari;
– pasport nusxasi;
– deklaratsiya;
– ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov (taxminan 90 dollar).

Dastur haqida batafsil ma’lumot rasmiy veb-saytda: https://www.s.u-tokyo.ac.jp/GSC/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 4 =