TO‘LIQ MOLIYALASHTIRILADIGAN TECHGIRLS DASTURI

09.12.2020

Muddati: 2021-yil 15-yanvar

TechGirls — bu AQSh, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan kelgan yosh ayollarni ilm-fan va texnologiyalar sohasida o‘z martabalarini ko‘tarish va ilhomlantirish uchun mo‘ljallangan xalqaro yozgi almashinuv dasturi.

Dasturning markaziy qismi bir haftalik texnologik lager bo‘lib, unda ishtirokchilarga kodlash va kiberxavfsizlik kabi texnologiyalar bilan bog‘liq mavzularni chuqur o‘rganish va ularni 45 soatdan ko‘proq vaqt davomida amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyati yaratiladi. Lager texnologik kompaniyalarga tashriflar, jamoat ishlari va madaniy tadbirlar kabi turli xil tadbirlar bilan to‘ldiriladi. Dastur doirasida TechGirls o‘z maktablarida va / yoki jamoalarida kamida bitta tengdoshlar uchun ta’lim dasturi yoki loyihasini amalga oshirishi kerak.

Talablar:

• Nomzodlar quyidagi davlatlardan ishtirok etishlari mumkin: AQSh, Jazoir, Misr, Iordaniya, Livan, Marokash, Falastin hududlari, Tunis, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston;

• almashinuv dasturi boshlanganda 15 yoshdan 17 yoshgacha;

• ilg‘or ko‘nikmalar va o‘qish jarayonida texnologiya, muhandislik yoki matematikaga katta qiziqish;

• texnologiyalar sohasida oliy ma’lumot olish yoki martaba olishga intilish;

• nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.

AQShda tajribasi cheklangan yoki umuman bo‘lmaganlarga imtiyoz beriladi.

So‘nggi uch yilda boshqa bir YeCA (Educational Credential Assessment) almashinuv dasturi bo‘yicha AQShda bo‘lgan nomzodlar bu dasturga murojaat qila olmaydi.

Afzalliklari:

TechGirls quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

• viza uchun to‘lovlar;

• ishtirokchi davlatdan AQShga xalqaro sayohat reyslari;

• dastur davomida turar joy;

• dastur paytida ovqatlanish (nonushta, tushlik va kechki ovqat);

• guruhlar uchun mahalliy transport.

Batafsil: https://www.legacyintl.org/techgirls/participants/eligibility-and-application/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × one =