TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI HAMDA PODSHOH ABDULAZIZ UNIVERSITETI BILAN BOSHLANGAN HAMKORLIK MASALALARI KO’RIB CHIQILDI

03.02.2023

TDSHU delegatsiyasining Saudiya Arabistonidagi navbatdagi manzili Jidda shahrida joylashgan Podshoh Abdulaziz universiteti bo’ldi. TDSHU rektori G.Rixsiyevaning Podshoh Abdulaziz universiteti rektori Hana Abdullah Alnuaim bilan o’tkazgan uchrashuvi davomida o’qtuvchilar va talabalar uchun stajirovkalar tashkil etish, hamkorlikda ilmiy loyihalar olib borish, tadqiqotchilar ishlariga ilmiy rahbarlik qilish kabi masalalar ko’rib chiqildi.

Shuningdek, TDSHUga arab tili o’qituvchilarini yuborishni yo’lga qoyish, O’zbekistonda 2023- yilda otkazilishi rejalashtirilgan “Dunyo arabshunoslari forumi”ga olimlarni tavsiya qilish va ularning ishtiroki bo’yicha maslahatlashib olindi.

Ma’lumot uchun, Podshoh Abdulaziz universiteti 1967- yilda ta’sis etilgan bo’lib, mazkur nufuzli universitetda hozirgi kunda 28 ta fakultet hamda 39 ta ilmiy markaz faoliyat olib bormoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 + 5 =