TOSHKENT SHAHRI YUNESKO GLOBAL TA’LIM SHAHARLAR TARMOG’IGA KIRITILDI

15.07.2019

Toshkent shahri YUNESKOning “Global ta’lim shaharlari” tarmog’iga kiritildi. Bu haqida YUNESKO umr davomida ta’lim olish instituti direktorining Toshkent shahar hokimiga yo’llagan maktubida xabar berilgan hamda sertifikat taqdim etilgan.

Tarmoqning maqsadi:

  • siyosiy dialoglar va a’zo shaharlar o’rtasida o’zaro ta’lim almashish;
  • xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish;
  • ta’lim shaharlarini yaratish va rivojlantirish va shu yo’l bilan uning imkoniyatlarini kengaytirish;
  • ularni rag’batlantirish orqali uzluksiz ta’lim tajribasini jadallashtirish va qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

YUNESKOning mazkur tarmog’i, shuningdek, BMT tomonidan ishlab chiqilgan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda, xususan, «Inklyuziv va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash va barcha uchun ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishni yo’lga qo’yish» hamda «Xavfsiz va barqaror shahar, aholi punktlarini yaratish» kabi maqsadlarga ham xizmat qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − seven =