TURKIYA UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIKDA YANGI QO‘SHMA DASTURLAR OCHILADI

23.07.2019

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov boshchiligidagi ishchi guruh Turkiya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo iqtisodiy komissiyasi yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda.

Mazkur yirik tadbir mobaynida ishchi guruh a’zolari Anqara shahridagi Hoji Bayram Vali universitetiga tashrif buyurib, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va Hoji Bayram Vali universiteti o‘rtasida yangi qo‘shma dasturlar ochilishi xususida muzokara olib borishdi.

Ushbu muzokaralar natijasiga ko‘ra joriy o‘quv yilidan boshlab sayohat rahbarligi va gid tarjimonlik, kompyuter grafikasi va media dizayn, turizm mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dasturlar ochish borasida aniq takliflar ilgari surildi. Forumning navbatdagi kunlari davomida yakuniy xulosalarga asoslangan, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × two =