TURKIYANING BIR QATOR UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI OʻRNATILDI

20.12.2021

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova boshchiligidagi ishchi guruh Turkiyaga xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Ishchi guruh a’zolari Turkiyaning bir qator nufuzli universitetlari bilan turli jabhalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida taklif bildirdi. Jumladan,  Anqara universiteti,  G‘ozi universiteti,  Kocatepa universiteti va Boyazid Yildirim universitetlariga tashrif mobaynida hamkorlik bitimlari imzolandi.

ToshDO‘TAU jamoasining ilgari surgan takliflari turkiyalik ziyolilarni ham befarq qoldirmadi.  Mezbonlar bilan suhbatda  har ikki davlat OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik butun turkiy xalqlarning mushtarak qadriyatlari rivojida muhim omil ekani  qayd etildi.

Mazkur uchrashuvda yuqorida nomlari qayd etilgan universitetlar bilan hamkorlikda  qo‘shma magistratura mutaxassisliklari ochish, akademik mobillikni yo’lga qo‘yish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, ilmiy, o‘quv-uslubiy sohalarda o’zaro amaliy faoliyat olib borish borasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.   

Turkiy xalqlarning tarixi, madaniyati va tilini tadqiq etish ham chinakam millatsevar kadrlarni tayyorlashning birlamchi omilidir.

Batafsil ma’lumot uchun havola.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 − one =